×

Warning

Error loading component: com_easyblog, Component not found.

Talabalar uchun Excel

Rate this item
(3 ta ovoz)

Qo'shimcha ma'lumotlar

  • Detail custom HTML code:

    VIDEO KURS XUSUSIYATLARI:

    NOMI: Office 2007 dasturlar paketiga kiruvchi Word, Excel va Power Point dasturlarida ishlashni o'rganish

    MO'LJALLANGAN AUDITORIYA: Kollej, institut va universitet talabalari

    VIDEO KURS TURI: Boshlang‘ich yoki o‘rta darajadan > yuqori darajagacha qadamma-qadam

    BILIM DARAJASI: Boshlang‘ich (nolinchi) hamda dasturda ishlashni o‘rta darajada biladiganlar uchun

    ISHLAB CHIQARILGAN SANA: 20/10/2015

    DAVOMIYLIGI: 5 soat 44 minut

    BO'LIMLAR YOKI BOBLAR SONI: 11 ta

    DARSLAR SONI: 62 ta

    BONUS DARSLAR: 3 ta

    BONUS FAYLLAR: 200 tadan ortiq

    TALAB QILINADIGAN OPERATSION TIZIM: Windows yoki Mac

    DISK FORMATI: DVD  |  VIDEO SIFATI: HD (1280 x 720)  |  UMUMIY HAJMI: 3,66 GB

    VIDEO KURS TO'G'RI KELADI: Excel 2007 (100%), Excel 2010 (95%), Excel 2013 (80%)

    MUALLIFLAR: A.Qodirov va Sh.Qodirov

     Sotuvga chiqdi: 01/12/2015             Guvohnoma raqami: DGU 03439

    Ushbu video kurs orqali siz, Excel dasturida ishlashni, u yordamida chiroyli hamda professional ko‘rinishdagi hujjatlarni (jadvallarni, diagrammalarni va h.k.) yaratishni va dasturda samarali ishlashni qisqa vaqt ichida o‘rganib olasiz.

    Ofis dasturilaridan foydalanishni, har bitta kompyuterda ishlashni bilaman deb aytaoladigan inson bilishi lozim chunki hozirgi kunda maktab o‘quvchilaridan tortib, universitet talabalarigacha, oddiy kompaniyaning yoki firmaning ofisda o‘tirib ishlovchi har bitta xodimidan tortib yuqori davlat tashkilotlarida ishlovchilar hamda yozish chizish ishlariga aloqador har bitta inson minimum, ofis dasturlar bilan tanish bo‘lishi lozim.

    Video kursning ushbu turi kollej, litsey hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun moslashtirilgan bo‘lib, aynan ushbu turi ularga har tomonlama to‘g‘ri keladi. Chunki video kursda talabalarga o‘qish va izlanishlari mobaynida juda katta foydasi tegishi mumkin bo‘lgan hamda ularning o‘qish jarayonini optimallashtiradigan o‘nlab funksiya va instrumentlarga asosiy e'tibor qaratilgan.


    Video kursni tomosha qilishni boshlash uchun talab qilinadigan bilim va ko'nikmalar

    Video kursni tomasha qilishni boshlash uchun quyidagi bilim va ko‘nikmalar talab qilinadi: kompyuter bilan ishlashdagi asosiy tushunchalarni bilish ya’ni monitor, sichqoncha, klaviatura hamda operatsion tizim (Windows) kabi tushunchalar bilan tanish bo‘lish va ularning nima ekanligini bilish.

    Video kursning o'ziga xos taraflari

    Qadamma-qadam osondan qiyinga qarab

    Video kurs tayyorlanish jarayonida eng asosiy e'tibor, qadamma-qadam ya'ni osondan qiyinga qarab o'rgatilishga qaratilgan bo'lib, ta'lim jarayoniga bunday yondashuv o'rganish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi.

    Har bitta odamga tushunarli tilda

    Biz video darslarni iloji boricha, har bitta odamga uning kasbiga, ijtimoiy holatiga va bilim darajasiga qaramasdan tushunarli bo'lishiga harakat qilganmiz. Shunday ekan, video kursda tushunarsiz va chet-tillaridan olingan so'zlarni hamda bironta ham izohsiz qoldiriladigan atamalarni uchratmaysiz.

    To'liq o'zbek tilida

    Faxr bilan shuni aytishimiz mumkinki video kurs to'liq o'zbek tilida yaratilgan va eng muhimi bizning mentalitetimizga moslashtirilgan.

    Orfografik muommolar yechimi

    Video kursda, aynan o‘zbek tilida (lotin alifbosida) hujjat tayyorlovchilarni qiynaydigan orfografik muommolarni hamda dasturdagi asosiy muommolar hal qilinadi va dastur o‘zbek tilida hujjat yaratuvchilar uchun moslashtiriladi.

    Hammaga to'g'ri keladi

    Video kurs asosan, yangi o'rganuvchilar uchun maksimal darajadagi foydali ma'lumotlarni berishga qaratilgan bo'lsada, dasturni ishlatishni o'rtacha hamda yaxshi biladigan insonlar ham o'zlari uchun juda ko'p foydali usullarni hamda funksiyalarni topishlari mumkin.

    Video darslar davomiyligi 5-10 daqiqadan oshmaydi

    Har bir minutdan unumli foydalanish hamda faqat foydali ma'lumotlarni o‘rganuvchiga yetkazib berish maqsadida video darslarning davomiyligi o‘rtacha 5-10 daqiqani tashkil etadi. O‘z navbatida bunday yondashuv, o‘rganuvchini keraksiz, oldi-qochdi gaplardan xolos etadi hamda ortiqcha vaqt sarflanishining olidini oladi.

    Har bitta dars uchun oldindan tayyorlangan fayllar

    Deyarli, har bitta dars uchun oldindan tayyorlangan qo'shimcha materiallar sizning o'rganish jarayoniningizni yanada osonlashtiradi va o'rgatuvchi ko'rsatyotgan narsalarni, siz ham o'z kompyuteringizda amalga oshirishingiz imkoniyati paydo bo'ladi.

    Video va audioning yuqori sifati

    Video kurs professional qurilmalarda yozilgan bo‘lib, audio va video sifati yuqori darajada. Bunga demo, darslarni tomosha qilish orqali ham amin bo‘lishingiz mumkin.

    Ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar bilimi

    Ushbu video kursni tayyorlashdagi asosiy maqsadimiz odamlarga, o‘rgatilyotgan dasturni har tomonlama ochib berish va dastur aynan nima uchun hamda qanday ishlatilish uchun yaratilgan bo‘lsa, aynan shu tarzda ishlatishni va foydalanishni o‘rgatish edi. Bunday maqsad yo‘lida albatta faqatgina bizning bilimimiz va tajribamiz (6-7 yillik tajribaga ega ekanligimizga qaramasdan) kamlik qilar edi. Shunday ekan, ushbu kursda nafaqat bizning balki chet-ellik mutaxassislarning qanchadan-qancha kitoblari hamda video kurslari asnosida yaratildi.

    Video kursni ko'rib chiqib siz:

    • Yuzlab tayyor andozalar yordamida hujjat (jadval, diagramma, grafiklar) yaratishga ketadigan soatlab vaqtini tejashni;
    • Yaratgan hujjat (jadval, diagramma)laringiz odamlarda chuqur tassuroq qoldirishi uchun hujjatga matn effektlarini hamda rasm effektlarini qo‘shishni;
    • Sichqonchani bir-ikkita chertish orqali hujjat (jadval, diagramma, grafiklar)ni tez kerakli ko‘rinishga keltirish uchun stillardan foydalanishni va ularni yaratishni;
    • Diagrammalar, jadvallar va grafikalar yaratishni;
    • Yaratgan fayllaringizni himoyalashni;
    • Hamda dastur bilan ishlashda o‘zbek tilida hujjat tayyorlovchilarni bezovta qiladigan muommolarni hal qilishni;
    • Ishlashni unumdor, samarali va tez qiladigan, yuzlab usullarini o‘rganib olasiz.

    Bonuslar

    Klaviaturada tez yozishni o'rganish bo'yich mini video kurs

    Ushbu video kursga bonus tarzda qo‘shilgan mini kursda siz, kompyuter klaviaturasida tez yozishning "ko‘r usuli"ni ya'ni klaviaturaga qaramasdan turib, o‘nta barmoq yordamida yozishning asoslarini o‘rganib olasiz. Ushbu mini kursda, o‘rganish jarayoni boshlash hamda davom ettirish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalar beriladi hamda qo‘shimcha dasturlar bonus tarzida taqdim etiladi.

    Office 2007 dasturlarida PDF formati

    Ushbu dastur, Office 2007 dasturlariga to'g'ridan-to'g'ri PDF formatida saqlash imkoniyatini beradigan qo’shimcha dastur bo'lib, uni kompyuteringizga o'rnatganingizdan keyin, Office 2007 paketiga kiruvchi dasturlarda (Word, Excel, Power Point va h.k) bemalol fayllarni pdf formatida saqlashingiz mumkin bo'ladi.

    Dasturning 2003-yilgi versiyasidan 2007-versiyasiga o'tish uchun interaktiv qo'llanma

    Bu, dasturning 2003-yilgi versiyasida ishlashga o‘rganib qolganlarning, 2007-yil versiyaga o‘tishini osonlashtirish uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, o‘ta qulay interaktiv qo‘llanma bo‘lib, u yordamida 2003-yilgi versiyasidan, 2007-yilgi versiyaga oson o‘tib olasiz.

    Ishingizni tezlashtiradigan tezkor klavishlar kombinatsiyalari ro'yxati

    Deyarli barcha Ofis dasturlarida ishlatiladigan eng asosiy tezkor klavishlar kombinatsiyalari ro‘yxati. Bular yordamida sizning ishlash jarayoningiz yanada tezlashadi!

    Yuzlab chiroyli shriftlar kolleksiyasi

    Siz yaratgan hujjatlar boshqalarnikidan farq qilib turishi uchun yuzlab chiroyli va zamonaviy shriftlar kolleksiyasi.

    Yuzlab tayyor andozalar

    Har-xil vaziyat va holatlar uchun oldindan tayyorlangan yuzlab tayyor andozalar, ishlash jarayoningizda tez-tez uchrab turadigan bir-xil ko'rinishidagi ishlardan sizni xalos etishi aniq.

    Video kurs haqida

    xaridorlarning fikr va mulohazalari

    Iltimos, e'tibor bering!

    Ushbu bo'limda video kursdagi barcha darslarning mundarijasi keltirilgan bo'lib, siz video kurs sifatiga oldindan baho beraolishingiz uchun ulardan ayrimlarini bepul tomosha qilishingiz mumkin. Tomosha qilish mukin bo'lgan darslar esa ajratib ko'rsatilgan, ustiga chertishingiz bilan brovzeringizda video dars joylashgan yangi sahifa ochiladi.
    Kirish
    Video kurs - bu nima?
    Video kursdan qanday unumli va to'g'ri foydalanish
    Ushbu video kurs haqida
    Excel 2007 dasturi haqida

    I bo‘lim. Ishga kirishamiz
    Dasturning ishlash jarayoni bilan umumiy tanishuv
    Instrumentlar tasmasi bilan tanishuv
    Ofis tugmasi

    II bo‘lim. Excel 2007 da ishlash asoslari
    Dasturda malumot kiritish va harakatlanish asoslari
    Nusxalash va ko‘chirish texnikalari
    Formula satri haqida
    Avto to'ldirish
    Avto to‘ldiriladigan ro‘yxat yaratish
    Tanlash texnikalari
    Ish-daftari qolibiga o‘zgartirish kiritish
    Holat taxtasi
    Yangi ish-daftari yaratish
    Saqlash va qanday saqlash

    III bo‘lim. Formulalar va funksiyalar bilan ishlash
    Formula va funksiya
    Hisoblash ketma-ketligi tartibi
    Qo‘lda formula kiritish
    JAMI hamda AVTOJAMI funksiyasi
    Butun jadvalga AVTOJAMI funksiyasini qo‘llash
    Yana bir-nechta ko‘p ishlatiladigan funksiyalar
    Mutloq yacheyka manzili
    AGAR funksiyasi
    AGAR funksiyasining matnlar bilan qo‘llanilishi
    JAMIAGAR va O'RTACHAAGAR funksiyasilari
    Yacheykalarga nom berish

    IV bo‘lim. Jadval ko‘inishi ustuda ishlash
    Sonlarning ko‘rinishini tartibga solish
    Fon, shrift va yacheyka chegaralari
    Yacheyka formati dialog oynasi
    Avtomat tarzda shartli formatlash
    Shartli formatlash qoidalarini yaratish
    Jadvalga rasm joylashtirish
    Shakllar bilan ishlash

    V bo‘lim. Jadvalni bosib chiqarish
    Sahifa ko‘rinishi
    Kolontitul joylashtirish
    Birinchi qatorni hamda ustunni qotirib qo‘yish
    Birinchi ustunni hamda qatorni bosib chiqarish
    Jadvalni sahifalarga bo‘lib chiqish
    Bosib chiqarish va tezkor bosib chiqarish

    VI bo‘lim. Ish-varaqlari bilan ishlash
    Topish va almashtirish
    Ko‘rinishlar yaratish
    Ustunlar va qatorlarni yashirish hamda guruhlash

    VII bo‘lim. Yacheykalar
    Ish-daftarini himoyalash
    Yacheykalardagi ma'lumotlarni, boshqa yacheykalarga bo‘lish
    Yacheykalardagi ma'lumotlarni qo‘shish
    Tezkor o‘tish paneli

    VIII bo‘lim. Saralash
    Odatiy hamda darajali saralash
    Filtrlash
    Jadval formati
    Taxminiy Vertikal Ko‘zdan Kechirish funksiyasi
    Aniq Vertikal Ko‘zdan Kechirish funksiyasi

    IX bo‘lim. Diagrammalar
    Diagrammalar turlari
    Diagrammalarni formatlash
    Diagrammalarni boshqa dasturlarga o‘tkazish

    X bo‘lim. Taftish
    O'zgarishlarni kuzatib borish
    Chizmali tekshirish
    Kerakli natija erishish
    XI bo‘lim. Excel dasturi sozlamalari
    Avto almashtirish
    Excel dasturi sozlamalarini o‘zgartrish

    Xulosa
    Yakuniy dars

    Diqqat!

    Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki agar video kursni (bizdan emas) boshqalardan sotib olsangiz yoki internetdan boshqa bironta saytdan yuklab olsangiz, biz uning ichidagi materiallarga, mahsulotning sifatiga, darslarning to'liqligiga javob beraolmaymiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda odamlarga kerakli bo'lgan narslar ichiga virus joylab, bepul tarqatadigan qaroqchilar ham ko'payib ketgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi sizning shaxshsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lish. Shunday ekan, ehtiyot bo'ling! Sifatli va o'z narxiga arziydigan mahsulot sotib olmoqchi bo'lsangiz, faqatgina tavsiya qilingan dukonlardan yoki to'g'ridan-to'g'ridan (videokent.uz sayti orqali) bizdan sotib oling!

    Sotib olish yoki maslahat (konsultatsiya) olish uchun:

      +99891 164 55 32

    Diqqat!

    Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki agar video kursni (bizdan emas) boshqalardan sotib olsangiz yoki internetdan boshqa bironta saytdan yuklab olsangiz, biz uning ichidagi materiallarga, mahsulotning sifatiga, darslarning to'liqligiga javob beraolmaymiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda odamlarga kerakli bo'lgan narslar ichiga virus joylab, bepul tarqatadigan qaroqchilar ham ko'payib ketgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi sizning shaxshsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lish. Shunday ekan, ehtiyot bo'ling! Sifatli va o'z narxiga arziydigan mahsulot sotib olmoqchi bo'lsangiz, faqatgina tavsiya qilingan dukonlardan yoki to'g'ridan-to'g'ridan (videokent.uz sayti orqali) bizdan sotib oling!

Izohlar   

#1 Muhammadali 2016-03-02 06:39
Videokent saytidan videokurslarni qanday qilib skachat qilib olsak bo'ladi? Iltimos javobni elektyron po'chtamga yozsangiz. oldindan rahmat
Iqtibos keltirish
#2 ADMIN 2016-03-03 02:24
Yana bir marotaba takrorlayman YUKLAB OLISHNING HECH QANDAY ILOJI YO'Q! Faqat diskda olish mumkin!
Iqtibos keltirish
#3 nodir 2017-01-05 19:23
Diskni qanday sotib olsak buladi?qayerdan va necha pul. Price list bormi? Javob uchun oldindan rahmat
Iqtibos keltirish
#4 Odillbek 2018-06-11 04:25
Assalomualeykum o'quv kurslarni qanday olsam bo'ladi
Iqtibos keltirish
#5 Odillbek 2018-06-11 04:26
sotib olmoqch edim tel raqamingiz ishlamayapdi
Iqtibos keltirish
#6 Aziz 2018-08-06 15:13
Shu video kerak maqsad darslarni o'rganishda foydalanish
Iqtibos keltirish
#7 Aziz 2018-08-06 15:14
Iltimos shu exzel dadturiga oid video kerak shu videoni qayerda osam bo'ladi
Iqtibos keltirish

Hali izohlanmadi!

Security code
Boshqa rasm