Qo'shimcha ma'lumotlar
-
Detail custom HTML code:
VIDEO KURS XUSUSIYATLARI:
NOMI: Office 2007 dasturlar paketiga kiruvchi Word, Excel va Power Point dasturlarida ishlashni o'rganish
MO'LJALLANGAN AUDITORIYA: Dasturini to'liq ishlatishni o'rganmoqchi bo'lganlar
VIDEO KURS TURI: Boshlang‘ich yoki o‘rta darajadan > yuqori darajagacha qadamma-qadam
BILIM DARAJASI: Boshlang‘ich (nolinchi) hamda dasturda ishlashni o‘rta darajada biladiganlar uchun
ISHLAB CHIQARILGAN SANA: 20/10/2015
DAVOMIYLIGI: 4 soat 24 minut
BO'LIMLAR YOKI BOBLAR SONI: 12 ta
DARSLAR SONI: 50 ta
BONUS DARSLAR: 3 ta
BONUS FAYLLAR: 200 tadan ortiq
TALAB QILINADIGAN OPERATSION TIZIM: Windows yoki Mac
DISK FORMATI: DVD | VIDEO SIFATI: HD (1280 x 720) | UMUMIY HAJMI: 3,82 GB
VIDEO KURS TO'G'RI KELADI: Power Point 2007 (100%), Power Point 2010 (95%), Power Point 2013 (80%)
MUALLIFLAR: A.Qodirov va Sh.Qodirov
Sotuvga chiqdi: 01/12/2015 Guvohnoma raqami: DGU 03439
Ushbu video kurs orqali siz, Power Point dasturida ishlashni, u yordamida chiroyli hamda professional ko‘rinishdagi hujjatlarni (jadvallarni, diagrammalarni va h.k.) yaratishni va dasturda samarali ishlashni qisqa vaqt ichida o‘rganib olasiz.
Ofis dasturilaridan foydalanishni, har bitta kompyuterda ishlashni bilaman deb aytaoladigan inson bilishi lozim chunki hozirgi kunda maktab o‘quvchilaridan tortib, universitet talabalarigacha, oddiy kompaniyaning yoki firmaning ofisda o‘tirib ishlovchi har bitta xodimidan tortib yuqori davlat tashkilotlarida ishlovchilar hamda yozish chizish ishlariga aloqador har bitta inson minimum, ofis dasturlar bilan tanish bo‘lishi lozim.
Butun boshli dasturning barcha taraflarini o'rganmoqchi bo'lsangiz, sizga video kursning ushbu turi juda qo'l keladi. O'z nomi bilan aytib turganidek, video kursning ushbu turida, dasturdagi deyarli barcha funksiya va sozlamalar (hatto ortig'i bilan) ko'rib chiqiladi hamda atroflicha tushintirladi. Tabiiyki, video kursning bu turi boshqalariga qaraganda ko'proq va uzoqroq davom etadi hamda shunga yarasha ma'lumot va bilim beriladi.
Video kursni tomosha qilishni boshlash uchun talab qilinadigan bilim va ko'nikmalar
Video kursni tomasha qilishni boshlash uchun quyidagi bilim va ko‘nikmalar talab qilinadi: kompyuter bilan ishlashdagi asosiy tushunchalarni bilish ya’ni monitor, sichqoncha, klaviatura hamda operatsion tizim (Windows) kabi tushunchalar bilan tanish bo‘lish va ularning nima ekanligini bilish.
Video kursning o'ziga xos taraflari
Qadamma-qadam osondan qiyinga qarab
Video kurs tayyorlanish jarayonida eng asosiy e'tibor, qadamma-qadam ya'ni osondan qiyinga qarab o'rgatilishga qaratilgan bo'lib, ta'lim jarayoniga bunday yondashuv o'rganish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi.
Har bitta odamga tushunarli tilda
Biz video darslarni iloji boricha, har bitta odamga uning kasbiga, ijtimoiy holatiga va bilim darajasiga qaramasdan tushunarli bo'lishiga harakat qilganmiz. Shunday ekan, video kursda tushunarsiz va chet-tillaridan olingan so'zlarni hamda bironta ham izohsiz qoldiriladigan atamalarni uchratmaysiz.
To'liq o'zbek tilida
Faxr bilan shuni aytishimiz mumkinki video kurs to'liq o'zbek tilida yaratilgan va eng muhimi bizning mentalitetimizga moslashtirilgan.
Orfografik muommolar yechimi
Video kursda, aynan o‘zbek tilida (lotin alifbosida) hujjat tayyorlovchilarni qiynaydigan orfografik muommolarni hamda dasturdagi asosiy muommolar hal qilinadi va dastur o‘zbek tilida hujjat yaratuvchilar uchun moslashtiriladi.
Hammaga to'g'ri keladi
Video kurs asosan, yangi o'rganuvchilar uchun maksimal darajadagi foydali ma'lumotlarni berishga qaratilgan bo'lsada, dasturni ishlatishni o'rtacha hamda yaxshi biladigan insonlar ham o'zlari uchun juda ko'p foydali usullarni hamda funksiyalarni topishlari mumkin.
Video darslar davomiyligi 5-10 daqiqadan oshmaydi
Har bir minutdan unumli foydalanish hamda faqat foydali ma'lumotlarni o‘rganuvchiga yetkazib berish maqsadida video darslarning davomiyligi o‘rtacha 5-10 daqiqani tashkil etadi. O‘z navbatida bunday yondashuv, o‘rganuvchini keraksiz, oldi-qochdi gaplardan xolos etadi hamda ortiqcha vaqt sarflanishining olidini oladi.
Har bitta dars uchun oldindan tayyorlangan fayllar
Deyarli, har bitta dars uchun oldindan tayyorlangan qo'shimcha materiallar sizning o'rganish jarayoniningizni yanada osonlashtiradi va o'rgatuvchi ko'rsatyotgan narsalarni, siz ham o'z kompyuteringizda amalga oshirishingiz imkoniyati paydo bo'ladi.
Video va audioning yuqori sifati
Video kurs professional qurilmalarda yozilgan bo‘lib, audio va video sifati yuqori darajada. Bunga demo, darslarni tomosha qilish orqali ham amin bo‘lishingiz mumkin.
Ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar bilimi
Ushbu video kursni tayyorlashdagi asosiy maqsadimiz odamlarga, o‘rgatilyotgan dasturni har tomonlama ochib berish va dastur aynan nima uchun hamda qanday ishlatilish uchun yaratilgan bo‘lsa, aynan shu tarzda ishlatishni va foydalanishni o‘rgatish edi. Bunday maqsad yo‘lida albatta faqatgina bizning bilimimiz va tajribamiz (6-7 yillik tajribaga ega ekanligimizga qaramasdan) kamlik qilar edi. Shunday ekan, ushbu kursda nafaqat bizning balki chet-ellik mutaxassislarning qanchadan-qancha kitoblari hamda video kurslari asnosida yaratildi.
Video kursni ko'rib chiqib siz:
- Yuzlab tayyor andozalar yordamida taqdimot yaratishga ketadigan soatlab vaqtini tejashni;
- Yaratgan taqdimotlaringiz odamlarda chuqur tassuroq qoldirishi uchun ularga animatsiya effektlarini, matn effektlarini hamda rasm effektlarini qo‘shishni;
- Sichqonchani bir-ikkita chertish orqali taqdimotni tez kerakli ko‘rinishga keltirish uchun stillardan foydalanishni va ularni yaratishni;
- Diagrammalar, jadvallar va grafikalar yaratishni;
- Yaratgan fayllaringizni himoyalashni;
- Ishlashni unumdor, samarali va tez qiladigan, yuzlab usullarini o‘rganib olasiz.
Bonuslar
Klaviaturada tez yozishni o'rganish bo'yich mini video kurs
Ushbu video kursga bonus tarzda qo‘shilgan mini kursda siz, kompyuter klaviaturasida tez yozishning "ko‘r usuli"ni ya'ni klaviaturaga qaramasdan turib, o‘nta barmoq yordamida yozishning asoslarini o‘rganib olasiz. Ushbu mini kursda, o‘rganish jarayoni boshlash hamda davom ettirish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalar beriladi hamda qo‘shimcha dasturlar bonus tarzida taqdim etiladi.
Office 2007 dasturlarida PDF formati
Ushbu dastur, Office 2007 dasturlariga to'g'ridan-to'g'ri PDF formatida saqlash imkoniyatini beradigan qo’shimcha dastur bo'lib, uni kompyuteringizga o'rnatganingizdan keyin, Office 2007 paketiga kiruvchi dasturlarda (Word, Excel, Power Point va h.k) bemalol fayllarni pdf formatida saqlashingiz mumkin bo'ladi.
Dasturning 2003-yilgi versiyasidan 2007-versiyasiga o'tish uchun interaktiv qo'llanma
Bu, dasturning 2003-yilgi versiyasida ishlashga o‘rganib qolganlarning, 2007-yil versiyaga o‘tishini osonlashtirish uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, o‘ta qulay interaktiv qo‘llanma bo‘lib, u yordamida 2003-yilgi versiyasidan, 2007-yilgi versiyaga oson o‘tib olasiz.
Ishingizni tezlashtiradigan tezkor klavishlar kombinatsiyalari ro'yxati
Deyarli barcha Ofis dasturlarida ishlatiladigan eng asosiy tezkor klavishlar kombinatsiyalari ro‘yxati. Bular yordamida sizning ishlash jarayoningiz yanada tezlashadi!
Yuzlab chiroyli shriftlar kolleksiyasi
Siz yaratgan hujjatlar boshqalarnikidan farq qilib turishi uchun yuzlab chiroyli va zamonaviy shriftlar kolleksiyasi.
Yuzlab tayyor andozalar
Har-xil vaziyat va holatlar uchun oldindan tayyorlangan yuzlab tayyor andozalar, ishlash jarayoningizda tez-tez uchrab turadigan bir-xil ko'rinishidagi ishlardan sizni xalos etishi aniq.
Video kurs haqida
xaridorlarning fikr va mulohazalari
Iltimos, e'tibor bering!
Ushbu bo'limda video kursdagi barcha darslarning mundarijasi keltirilgan bo'lib, siz video kurs sifatiga oldindan baho beraolishingiz uchun ulardan ayrimlarini bepul tomosha qilishingiz mumkin. Tomosha qilish mukin bo'lgan darslar esa ajratib ko'rsatilgan, ustiga chertishingiz bilan brovzeringizda video dars joylashgan yangi sahifa ochiladi.Kirish
Video kurs - bu nima?
Video kursdan qanday unumli va to'g'ri foydalanish
Ushbu video kurs haqida
Power Point 2007 dasturi haqida
I bob. Ishga kirishamiz
Dastur haqida umumiy tushuncha
Interfeysdan foydalanish
Taqdimot bo‘ylab haraktalanish
II bob. Taqdimotlar yaratish va saqlash
Taqdimot yaratish
Taqdimotga slayd qo‘shish va o‘chirish
Slaydlar ketma-keligini o‘zgartirish
Taqdimotni saqlash
Dasturga import qilish
III bob. Taqdimotlarni bosib chiqarish
Bosib chiqarishdan oldin ko‘rish
Bosib chiqarish sozlamalari
Printer sozlamalari
IV bob. Taqdimot dizayni ustida ishlash
Sahifada slaydning joylashishi
Dizayn instrumentlari
Maketlar bilan ishlash
Maket andozalarini o‘zgartish
V bob. Matn bilan ishlash
Matnli slayd va matn maydoni
Matn maydoni yaratish
Matnni formatlash
Topish va almashtirish
Yozuv yo‘nalishini o‘zgartirish
VI bob. Avtoalmashtirish funksiyasi
Avtoalmashtirish funksiyasi
VII bob. Grafika va multimedia
Taqdimotga rasmlar joylash
Shakllar yaratish
Foto albom yaratish
Taqdimotga SmartArt joylash
WordArt yaratish
Taqdimotga audio joylashtirish
Taqdimotga video joylashtirish
VIII bob. Animatsiya
Animatsiya 1-dars
Animatsiya 2-dars
Slayddan-slaydga o‘tish effekti
IX bob. Jadvallar va diagrammalar
Taqdimotga jadval joylashtirish
Jadval ko‘rinishi
Taqdimotga Excel jadvalini joylashtirish
Diagramma yaratish
Diagramma ko‘rinishi
X bob. Taqdimotni tomosha qilish
Taqdimot namoishi
Namoish vaqtida
XI bob. Taqdimotlar bilan bo‘lishish va ularni himoyalash
Taqdimotga izoh qo‘shish
Taqdimotni himoyalash
Taqdimotga yo‘naltirgich joylashtirish
Obektga harakat qo‘shish
CD diskga taqdimotni yozish
XII bob. Ish maydonini sozlash
Tezkor o‘tish paneli
Dastur sozlamalari
Xulosa
Yakuniy dars
Diqqat!
Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki agar video kursni (bizdan emas) boshqalardan sotib olsangiz yoki internetdan boshqa bironta saytdan yuklab olsangiz, biz uning ichidagi materiallarga, mahsulotning sifatiga, darslarning to'liqligiga javob beraolmaymiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda odamlarga kerakli bo'lgan narslar ichiga virus joylab, bepul tarqatadigan qaroqchilar ham ko'payib ketgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi sizning shaxshsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lish. Shunday ekan, ehtiyot bo'ling! Sifatli va o'z narxiga arziydigan mahsulot sotib olmoqchi bo'lsangiz, faqatgina tavsiya qilingan dukonlardan yoki to'g'ridan-to'g'ridan (videokent.uz sayti orqali) bizdan sotib oling!
Sotib olish yoki maslahat (konsultatsiya) olish uchun:
+99891 164 55 32
Diqqat!
Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki agar video kursni (bizdan emas) boshqalardan sotib olsangiz yoki internetdan boshqa bironta saytdan yuklab olsangiz, biz uning ichidagi materiallarga, mahsulotning sifatiga, darslarning to'liqligiga javob beraolmaymiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda odamlarga kerakli bo'lgan narslar ichiga virus joylab, bepul tarqatadigan qaroqchilar ham ko'payib ketgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi sizning shaxshsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lish. Shunday ekan, ehtiyot bo'ling! Sifatli va o'z narxiga arziydigan mahsulot sotib olmoqchi bo'lsangiz, faqatgina tavsiya qilingan dukonlardan yoki to'g'ridan-to'g'ridan (videokent.uz sayti orqali) bizdan sotib oling!
Izohlar
RSS feed for comments to this post