×

Warning

Error loading component: com_easyblog, Component not found.

Kotib va kotiblar uchun Word

Rate this item
(1 ta ovoz)

Qo'shimcha ma'lumotlar

  • Detail custom HTML code:

    VIDEO KURS XUSUSIYATLARI:

    NOMI: Office 2007 dasturlar paketiga kiruvchi Word, Excel va Power Point dasturlarida ishlashni o'rganish

    MO'LJALLANGAN AUDITORIYA: Kotib yoki kotibalar (секретар) uchun

    VIDEO KURS TURI: Boshlang‘ich yoki o‘rta darajadan > yuqori darajagacha qadamma-qadam

    BILIM DARAJASI: Boshlang‘ich (nolinchi) hamda dasturda ishlashni o‘rta darajada biladiganlar uchun

    ISHLAB CHIQARILGAN SANA: 20/10/2015

    DAVOMIYLIGI: 5 soat 32 minut

    BO'LIMLAR YOKI BOBLAR SONI: 18 ta

    DARSLAR SONI: 70 ta

    BONUS DARSLAR: 3 ta

    BONUS FAYLLAR: 200 tadan ortiq

    TALAB QILINADIGAN OPERATSION TIZIM: Windows yoki Mac

    DISK FORMATI: DVD  |  VIDEO SIFATI: HD (1280 x 720)  |  UMUMIY HAJMI: 3,91 GB

    VIDEO KURS TO'G'RI KELADI: Word 2007 (100%), Word 2010 (95%), Word 2013 (80%)

    MUALLIFLAR: A.Qodirov va Sh.Qodirov

     Sotuvga chiqdi: 01/12/2015            Guvohnoma raqami: DGU 03439

    Ushbu video kurs orqali siz, Word dasturida ishlashni, u yordamida chiroyli hamda professional ko‘rinishdagi hujjatlarni (jadvallarni, diagrammalarni va h.k.) yaratishni va dasturda samarali ishlashni qisqa vaqt ichida o‘rganib olasiz.

    Ofis dasturilaridan foydalanishni, har bitta kompyuterda ishlashni bilaman deb aytaoladigan inson bilishi lozim chunki hozirgi kunda maktab o‘quvchilaridan tortib, universitet talabalarigacha, oddiy kompaniyaning yoki firmaning ofisda o‘tirib ishlovchi har bitta xodimidan tortib yuqori davlat tashkilotlarida ishlovchilar hamda yozish chizish ishlariga aloqador har bitta inson minimum, ofis dasturlar bilan tanish bo‘lishi lozim.

    Video kursning ushbu turi kotib/kotiba bo‘lib xizmat ko‘rsatuvchilar uchun moslashtirilgan bo‘lib, ularning asosiy ish quroli (instrumenti) aynan ofis dasturlari bo‘lgan uchun video kursdagi o‘rgatiladigan hamda beriladigan bilim, xuddi shu yuqori darajadagi talabga to‘liq mos keladi. Video kurs orqali siz soha sirlaridan bohabar bo‘lasiz hamda dasturni o‘z ehtiyojlaringizga moslashni o‘rganib olasiz.


    Video kursni tomosha qilishni boshlash uchun talab qilinadigan bilim va ko'nikmalar

    Video kursni tomasha qilishni boshlash uchun quyidagi bilim va ko‘nikmalar talab qilinadi: kompyuter bilan ishlashdagi asosiy tushunchalarni bilish ya’ni monitor, sichqoncha, klaviatura hamda operatsion tizim (Windows) kabi tushunchalar bilan tanish bo‘lish va ularning nima ekanligini bilish.

    Video kursning o'ziga xos taraflari

    Qadamma-qadam osondan qiyinga qarab

    Video kurs tayyorlanish jarayonida eng asosiy e'tibor, qadamma-qadam ya'ni osondan qiyinga qarab o'rgatilishga qaratilgan bo'lib, ta'lim jarayoniga bunday yondashuv o'rganish jarayonini yengillashtiradi va tezlashtiradi.

    Har bitta odamga tushunarli tilda

    Biz video darslarni iloji boricha, har bitta odamga uning kasbiga, ijtimoiy holatiga va bilim darajasiga qaramasdan tushunarli bo'lishiga harakat qilganmiz. Shunday ekan, video kursda tushunarsiz va chet-tillaridan olingan so'zlarni hamda bironta ham izohsiz qoldiriladigan atamalarni uchratmaysiz.

    To'liq o'zbek tilida

    Faxr bilan shuni aytishimiz mumkinki video kurs to'liq o'zbek tilida yaratilgan va eng muhimi bizning mentalitetimizga moslashtirilgan.

    Orfografik muommolar yechimi

    Video kursda, aynan o‘zbek tilida (lotin alifbosida) hujjat tayyorlovchilarni qiynaydigan orfografik muommolarni hamda dasturdagi asosiy muommolar hal qilinadi va dastur o‘zbek tilida hujjat yaratuvchilar uchun moslashtiriladi.

    Hammaga to'g'ri keladi

    Video kurs asosan, yangi o'rganuvchilar uchun maksimal darajadagi foydali ma'lumotlarni berishga qaratilgan bo'lsada, dasturni ishlatishni o'rtacha hamda yaxshi biladigan insonlar ham o'zlari uchun juda ko'p foydali usullarni hamda funksiyalarni topishlari mumkin.

    Video darslar davomiyligi 5-10 daqiqadan oshmaydi

    Har bir minutdan unumli foydalanish hamda faqat foydali ma'lumotlarni o‘rganuvchiga yetkazib berish maqsadida video darslarning davomiyligi o‘rtacha 5-10 daqiqani tashkil etadi. O‘z navbatida bunday yondashuv, o‘rganuvchini keraksiz, oldi-qochdi gaplardan xolos etadi hamda ortiqcha vaqt sarflanishining olidini oladi.

    Har bitta dars uchun oldindan tayyorlangan fayllar

    Deyarli, har bitta dars uchun oldindan tayyorlangan qo'shimcha materiallar sizning o'rganish jarayoniningizni yanada osonlashtiradi va o'rgatuvchi ko'rsatyotgan narsalarni, siz ham o'z kompyuteringizda amalga oshirishingiz imkoniyati paydo bo'ladi.

    Video va audioning yuqori sifati

    Video kurs professional qurilmalarda yozilgan bo‘lib, audio va video sifati yuqori darajada. Bunga demo, darslarni tomosha qilish orqali ham amin bo‘lishingiz mumkin.

    Ko'p yillik tajribaga ega mutaxassislar bilimi

    Ushbu video kursni tayyorlashdagi asosiy maqsadimiz odamlarga, o‘rgatilyotgan dasturni har tomonlama ochib berish va dastur aynan nima uchun hamda qanday ishlatilish uchun yaratilgan bo‘lsa, aynan shu tarzda ishlatishni va foydalanishni o‘rgatish edi. Bunday maqsad yo‘lida albatta faqatgina bizning bilimimiz va tajribamiz (6-7 yillik tajribaga ega ekanligimizga qaramasdan) kamlik qilar edi. Shunday ekan, ushbu kursda nafaqat bizning balki chet-ellik mutaxassislarning qanchadan-qancha kitoblari hamda video kurslari asnosida yaratildi.

    Video kursni ko'rib chiqib siz:

    • Yuzlab tayyor andozalar yordamida hujjat yaratishga ketadigan soatlab vaqtini tejashni;
    • Yaratgan hujjatlarimiz odamlarda chuqur tassuroq qoldirishi uchun hujjatga matn effektlarini hamda rasm effektlarini qo’shishni;
    • Hoshiya va ilovalardan foydalanib hujjatga professional ko‘rinish berishni hamda uni o‘qish uchun qulay qilishni;
    • Diagrammalar, jadvallar va grafikalar yaratishni;
    • Yaratgan fayllaringizni himoyalashni;
    • Dastur bilan ishlashda o‘zbek tilida hujjat tayyorlovchilarni bezovta qiladigan muommolarni hal qilishni o‘rganasiz;
    • Ishlashni unumdor, samarali va tez qiladigan, yuzlab usullarini o‘rganib olasiz.

    Bonuslar

    Klaviaturada tez yozishni o'rganish bo'yich mini video kurs

    Ushbu video kursga bonus tarzda qo‘shilgan mini kursda siz, kompyuter klaviaturasida tez yozishning "ko‘r usuli"ni ya'ni klaviaturaga qaramasdan turib, o‘nta barmoq yordamida yozishning asoslarini o‘rganib olasiz. Ushbu mini kursda, o‘rganish jarayoni boshlash hamda davom ettirish bo‘yicha to‘liq ko‘rsatmalar beriladi hamda qo‘shimcha dasturlar bonus tarzida taqdim etiladi.

    Office 2007 dasturlarida PDF formati

    Ushbu dastur, Office 2007 dasturlariga to'g'ridan-to'g'ri PDF formatida saqlash imkoniyatini beradigan qo’shimcha dastur bo'lib, uni kompyuteringizga o'rnatganingizdan keyin, Office 2007 paketiga kiruvchi dasturlarda (Word, Excel, Power Point va h.k) bemalol fayllarni pdf formatida saqlashingiz mumkin bo'ladi.

    Dasturning 2003-yilgi versiyasidan 2007-versiyasiga o'tish uchun interaktiv qo'llanma

    Bu, dasturning 2003-yilgi versiyasida ishlashga o‘rganib qolganlarning, 2007-yil versiyaga o‘tishini osonlashtirish uchun Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, o‘ta qulay interaktiv qo‘llanma bo‘lib, u yordamida 2003-yilgi versiyasidan, 2007-yilgi versiyaga oson o‘tib olasiz.

    Ishingizni tezlashtiradigan tezkor klavishlar kombinatsiyalari ro'yxati

    Deyarli barcha Ofis dasturlarida ishlatiladigan eng asosiy tezkor klavishlar kombinatsiyalari ro‘yxati. Bular yordamida sizning ishlash jarayoningiz yanada tezlashadi!

    Yuzlab chiroyli shriftlar kolleksiyasi

    Siz yaratgan hujjatlar boshqalarnikidan farq qilib turishi uchun yuzlab chiroyli va zamonaviy shriftlar kolleksiyasi.

    Yuzlab tayyor andozalar

    Har-xil vaziyat va holatlar uchun oldindan tayyorlangan yuzlab tayyor andozalar, ishlash jarayoningizda tez-tez uchrab turadigan bir-xil ko'rinishidagi ishlardan sizni xalos etishi aniq.

    Video kurs haqida

    xaridorlarning fikr va mulohazalari

    Iltimos, e'tibor bering!

    Ushbu bo'limda video kursdagi barcha darslarning mundarijasi keltirilgan bo'lib, siz video kurs sifatiga oldindan baho beraolishingiz uchun ulardan ayrimlarini bepul tomosha qilishingiz mumkin. Tomosha qilish mukin bo'lgan darslar esa ajratib ko'rsatilgan, ustiga chertishingiz bilan brovzeringizda video dars joylashgan yangi sahifa ochiladi.
    Kirish
    Video kurs - bu nima?
    Video kursdan qanday unumli va to'g'ri foydalanish
    Ushbu video kurs haqida
    Word 2007 dasturi haqida

    I bob. Ishga kirishamiz
    Dasturning ishlash jaroyini bilan umumiy tanishuv
    Dastur ichida harakatlanish
    Hujjat ichida harakatlanish

    II bob. Hujjatlarni yaratish va saqlash
    Yangi hujjat yaratish
    Hujjatni dasturga import qilish
    Hujjatni saqlash

    III bob. Hujjatlarni bosib chiqarish
    Bosib chiqarmoqchi bo‘lgan hujjatimizni oldindan ko‘rish
    Tezkor bosib chiqarish
    Bosib chiqarish sozlamalari

    IV bob. Matnni tahrir qilish va ko‘rinishiga ishlov berish
    Yozuvni tanlash
    Yozuv formatini o‘zgartirish
    Topish va almashtirish
    Bekor qilish va oldinga qaytarish
    Ko‘chirish va joylashtirish
    Yozuv formati belgilari
    V bob. Abzatslar bilan ishlash
    Xat boshi
    Abzatsning sahifa bo‘ylab joylashishi
    Qatorlar orasida masofa
    Tabulyatsiya

    VI bob. Sahifa sozlamalari
    Hoshiya
    Sahifaning orientatsiyasini tanlash
    Sahifani raqamlash
    Qog‘oz hajmi
    Yuqorigi va pastki kolontitul
    Orqa fonni o‘zgartirish
    Belgi qo‘yish

    VII bob. Hujjatlarni tekshirish
    Orfografiya
    Avtoalmashtirish va imlo

    VIII bob. Ish maydonini sozlash
    Dastur sozlamalarini moslash
    Saqlash va odatiy sozlamalar
    Tezkor o‘tish panelini sozlash

    IX bob. Ro‘yxatlar bilan ishlash
    Ro‘yxatni markerlash
    Ro‘yxatni raqamlash
    Ro‘yxatni tahrir qilish

    X bob. Jadvallar va diagrammalar yaratish
    Jadval yaratish
    Matndan jadval yasash
    Excel oynasi orqali jadval yaratish
    Jadvalni shakllantirish
    Jadvalni formatlash
    Word 2007 dasturida hisob-kitob
    Diagrammalar bilan ishlash
    Diagrammalarni shakllantirish

    XI bob. Hujjat stillari bilan ishlash
    Hujjat stili
    Formula va belgi joylashtirish

    XII bob. Tayyor bloklardan foydalanish
    Ekpres bloklar
    Ekspres bloklarni o‘zgartirish

    XIII bob. Ma’lumotlar bilan ishlash
    Ma'lumotlarni saralash
    Raqamli ro‘yxatni saralash

    XIV bob. Makroslar bilan ishlash
    Makroslar

    XV bob. Grafikalar bilan ishlash
    Rasm joylashtirish
    Shakllar va chizmalar
    SmartArt

    XVI bob. Hujjatlar bilan bo‘lishish va ularni himoyalash
    O‘zgarishlarni kuzatib borish
    O‘zgarishlarni ko‘rib chiqish
    Hujjatni parol bilan himoya qilish
    Hujjatlarni solishtirib farqini aniqlash
    Hujjat noziri
    Hujjatni shifrlash

    XVII bob. Katta hujjatlar bilan ishlash
    Mundarija yaratish
    Index
    Havola joylashtirish
    Hujjatga xatcho‘p joylashtirish
    Yo‘naltirgich joylashtirish
    Foydali instrument

    XVIII bob. Ko‘p uchraydigan muommolarni hal qilish
    Dasturdagi muommolar

    Xulosa
    Yakuniy dars

    Diqqat!

    Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki agar video kursni (bizdan emas) boshqalardan sotib olsangiz yoki internetdan boshqa bironta saytdan yuklab olsangiz, biz uning ichidagi materiallarga, mahsulotning sifatiga, darslarning to'liqligiga javob beraolmaymiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda odamlarga kerakli bo'lgan narslar ichiga virus joylab, bepul tarqatadigan qaroqchilar ham ko'payib ketgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi sizning shaxshsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lish. Shunday ekan, ehtiyot bo'ling! Sifatli va o'z narxiga arziydigan mahsulot sotib olmoqchi bo'lsangiz, faqatgina tavsiya qilingan dukonlardan yoki to'g'ridan-to'g'ridan (videokent.uz sayti orqali) bizdan sotib oling!

    Sotib olish yoki maslahat (konsultatsiya) olish uchun:

      +99891 164 55 32

    Diqqat!

    Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki agar video kursni (bizdan emas) boshqalardan sotib olsangiz yoki internetdan boshqa bironta saytdan yuklab olsangiz, biz uning ichidagi materiallarga, mahsulotning sifatiga, darslarning to'liqligiga javob beraolmaymiz. Bundan tashqari, hozirgi kunda odamlarga kerakli bo'lgan narslar ichiga virus joylab, bepul tarqatadigan qaroqchilar ham ko'payib ketgan bo'lib, ularning asosiy maqsadi sizning shaxshsiy ma'lumotlaringizga ega bo'lish. Shunday ekan, ehtiyot bo'ling! Sifatli va o'z narxiga arziydigan mahsulot sotib olmoqchi bo'lsangiz, faqatgina tavsiya qilingan dukonlardan yoki to'g'ridan-to'g'ridan (videokent.uz sayti orqali) bizdan sotib oling!

Izohlar   

#1 Gulom 2016-12-08 05:29
Bu qanaqa dasturiy interfeys
videosimi yoki ...
Iqtibos keltirish

Hali izohlanmadi!

Security code
Boshqa rasm