×

Warning

Error loading component: com_easyblog, Component not found.

Video kurslarimiz sotuvga chiqdi

Shanba, 26 Dekabr 2015 00:00
Rate this item
(1 ta ovoz)
maqolaga-photo2.jpg

"Office 2007 dasturlar paketiga kiruvchi Word, Excel va Power Point dasturlarida ishlashni o'rganish" deb nomlangan video kurslar jamlanmasi sotuvga chiqdi.


Bu jamlanmaga quyidagi video kurslar kiradi:

Menimcha, hammaning hayoliga keladigan birinchi savol - bu, nimaga bir-xil dasturlar uchun har-xil video kurslar yaratilgan? Bitta dasturni ishlatishni o'rganish hamma uchun bir-xil bo'lishi lozim emasmi?

Bu haqiqatdan ham o'rinli savol. Rostini aytadigan bo'lsam, bitta dastur uchun qilingan har-xil video kurslar, bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Masalan, "Hisobchilar uchun Excel" video kursi, "Iqtisodchi uchun Excel" video kursidan unchalik ko'p farq qilmaydi, chunki hammaga ma'lumki, biron-bir mahorat yoki kasbning negizi o'zgarmas bo'ladi va asoslarga o'rgatishning usuli odatda bitta bo'ladi. Shunday ekan, video kurslarning barchasi yangi o'rganuvchilarni hisobga olib yaratilgani uchun dasturni ishlatishning bazaviy ya'ni asosiy negizlarini o'rganish, deyarli barchasida bir-xil. Farqlar esa aynan, asoslarni egallab olganidan keyin bilimni oshirish va mahoratni yangi darajaga olib chiqishda o'rgatiladigan uslublar hamda funksiyalarda yuzaga chiqa boshlaydi.

Xo'sh, bu video kurslarning bir-biriga o'xshashlik taraflari haqida edi, endi ular orasidagi farqga to'xtalsak. Asosiy farq, albatta darslar soni hamda butun kurs mobaynida qamrab olinadigan mavzular turi.

Masalan, Excel dasturida amalga oshiriladigan, ayrim murakkab hisoblash formulalarini yaxshi bilish buxgalter ya'ni hisobchi uchun muhim bo'lsa, o'quvchi yoki talaba uchun (aynan talabalik yoki o'quvchilik vazifasini bajarishda) bularni bilishning hojati yo'q. Unga, o'rgatilyotgan dasturning o'qishga aloqadar hamda aynan uning o'qish jaroynini optimallashtiradigan funksiyalar ko'proq ahamiyatga ega.
Bizningcha, video kurslarning yaratilishida, har bitta sohaga individual yondashuv, albatta o'rganish jaroyinini tezlashtradi, sifatini oshiradi va keraksiz ma'lumotlardan o'rganuvchi uzoqroq tutib, faqatgina mavzuga aloqadar narsalarni o'rganishida qo'l keladi hamda keraksiz ma'lumotlarga, ortiqcha mablag' sarflanishining oldi olinadi.

Agar, shunchaki o'zingizning sohangizga tegishli funksiyalarni emas, butun boshli dasturning barcha taraflarini o'rganmoqchi bo'lsangiz bunda sizga (odatda, turli kompyuter xizmatlarini ko'rsatish, matnni kompyuterda terib berish, taqdimot tayyorlash kabi xizmatlar ko'rsatish sohasida faoliyat olib boruvchilarga) video kursning "ipidan-ignasigacha" turi juda qo'l keladi. O'z nomi bilan aytib turganidek, video kurslarning ushbu turida dasturdagi deyarli barcha funksiya va sozlamalar (hatto ortig'i bilan) ko'rib chiqiladi hamda atroflicha tushintirladi. Tabiiyki, video kursning bu turi boshqalariga qaraganda ko'proq va uzoqroq davom etadi.

Video kurslarning barchasida, dasturlarning Ofis paketi 2007-versiyasidagi, eng oxirgi yangilangandan keyingi versiyalarida ishlash o'rgatiladi.

Bitta narsani esda tuting, ushbu video kurslarimiz ASOSAN yangi o'rganuvchilar (новичок, newbie) uchun yaratilgan bo'lib, dasturda ishlash noldan boshlab professional darajagacha o'rgatiladi.
Bu degani ma'lum turdagi video kursni ko'rib (o'rganib) chiqib siz bemalol dasturning imkoniyatlardan 80-90% foydalana boshlaysiz va dastur aynan nima uchun hamda qanday ishlatilish uchun yaratilgan bo'lsa, shu tarzda ishlatishni va foydalanishni boshlaysiz.

Video kurslar asosan yangi o'rganuvchilarga bag'ishlanganligiga qaramasdan, men sizni ishontirib aytishim mumkinki, "Men bu dasturlarni ishlatishni juda yaxshi bilaman" - deydigan odam ham video kurslarimiz ichidan o'ziga nimadir yangi narsani topadi, chunki bu video kurslar nafaqat bizning 6-7 yillik tajrabimiz balki chet-ellik mutaxassislarning qanchadan-qancha kitoblari hamda video kurslari asnosida yaratilgan.

Xullas o'zingizga mosini tanlang. Tanlash jarayonida albatta:
  • O'z vaqtingizga, ish yoki o'qish tartibingizga e'tibor bering;
  • Dasturning sizga qanday funksiyalari kerakligi ustida o'ylab ko'ring;
  • Albatta demo darslarni tomosha qiling.

Agar shundan keyin ham tanlayolmayotgan bo'lsangiz, bemalol biz bilan bog'lanishingiz mumkin. Biz sizga eng optimal variantni tanlashda yordam beramiz!

Ko'p ikkilanmasdan o'zingizga, soha yoki mutaxassislik bo'yicha yaqinini xarid qiling hamda juda qisqa vaqt ichida Excel, Word, Power Pointlardan birida yoki ularning uchchalasida ham ishlashni o'rganib oling!

Bundan tashqari, narxlar ham video kurs turiga hamda kimga va qanday odamga bag'ishlanganligiga qarab moslashtirilgan esdan chiqarmang. :)

Qo'shimcha ma'lumot!

Har bitta video kurs bo'yicha to'liq ma'lumot olish hamda bepul demo darslarni tomosha qilish uchun mana bu sahifaga o'ting.

Izohlar   

#1 Muminov Dilshod 2016-02-20 05:05
Мен офис дасурлдарни ўрганмоқчиман хаммаси битта дискда бўлса яхши бўларди. Сизларда хаммаси алохида алохида экан.
Iqtibos keltirish
#2 Muminov Dilshod 2016-02-20 05:06
e-mail orqali javob bering iltimos
Iqtibos keltirish
#3 Nurbek 2016-02-22 16:10
Salom bir savolim bor bu darliklar turli soxalarga moslab chiqilgan ekan shu turli soxalarga moslangan video darliklarni xammasi ipidan iganisgacha deyilgani ichida bormi yoki xar bir soxa uchun aloxida video darlik tayorlaganmisizlar...
e-mail orqali javob yozing...
Iqtibos keltirish

Hali izohlanmadi!

Security code
Boshqa rasm