×

Warning

Error loading component: com_easyblog, Component not found.

Videokent haqida

 

  "Videokent" - bu nima?

"Videokent" - bu, birinchi navbatda O'zbekiston aholisining, aynan o'zbek tilida so'zlashuvchilarining bilimini yanada oshirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan, ta'lim sohasidagi innovatsion proekt. Bu maqsadni amalga oshirish yo'lida biz bepul video darslar hamda qisman bepul* video kurslar ishlab chiqaramiz.

* - Asosiy mahsulotlarimiz barchasi bepul hamda ochiq tarqatilishiga qaramasdan, aynan ishlab chiqarish jarayoni ko'p vaqt hamda ko'p mehnat talab qiladigan, ma'lum mahoratni chuqur o'rganishga bag'ishlangan video kurslarimiz, ma'lum bir narxda sotiladi.

  Maqsadimiz

Eng asosiy maqsadimiz - bu, odamlar hayotini, ularning yashash, o'qish va ishlash tarzini zamonaviy texnologiyalar, yuqori darajadagi bilim, mahorat, tajriba, sifatli mahsulotlarimiz hamda professional xizmatlarimiz orqali yanada osonlashtirish, yanada yuksaltirish va yangi daraja olib chiqish.

  Joylashishimiz

Asosiy faoliyatimizni Toshkent shahridan olib borishimizga qaramasdan, bemalol butun O'zbekiston bo'ylab biz bilan bog'lanishingiz hamda mahsulotlarimiz va xizmatlarimizdan bahramand bo'lishingiz mumkin.

  Biz bilan hamkorlik

Agar hamma bilan ulashgudek bilimim, tajribam yoki mahoratim bor deb hisoblasangiz, ular bilan ulashish uchun biz bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Buning uchun mana bu yerda ko'rsatilgan vositalar orqali, biz bilan aloqaga chiqing.

 email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.           tel: +99 891 164 5532

Ha aytgancha!

Biz haqimizdagi fikr mulohazalarni hamda sog'lom tanqidni facebookdagi sahifamizda hamda telegramdagi guruhimizda kutib qolamiz.